22:40 / 12.12.2017
26563

Nyu-Yorkdagi terakt ijrochisi Trampga murojaat qilgan

11 dekabrda Nyu-Yorkning markaziy avtostansiyasida portlashni amalga oshirishda gumon qilinayotgan Aqoyid Yulla teraktni sodir etishidan biroz oldin AQSh prezidenti Donald Trampga Facebook orqali murojaat qilgan. Bu haqda federal prokurorlar ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Post 11 dekabrda yozilgan. Prokurorlarning aytishicha, unda “Tramp, sen o‘z xalqingni himoya qila olmading” deb yozilgan bo‘lgan.

12 dekabrda Yullaga uchta band: qurolga noqonuniy egalik qilish, terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash va terakt xavfi tug‘dirish bo‘yicha ayblov e'lon qilindi.

Terakt oqibatida hech kim halok bo‘lmagan, terrorchining o‘zi va yon-atrofda bo‘lgan 3 kishi jarohat olgan. 

Kelib chiqishi bangladeshlik bo‘lgan Yullaning aytishicha, u bombani o‘zi tayyorlagan va u yordamida AQShga “uning mamlakatini bombardimon qilgani uchun” zarar yetkazmoqchi bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top