07:10 / 12.12.2017
13304

Oilaviy migratsiyani to‘xtatish lozim – Tramp Nyu-Yorkdagi teraktdan keyin

Foto: RIA Novosti / Olga Denisova

AQSh prezidenti Donald Tramp 11 dekabrda Nyu-Yorkda sodir etilgan terakt AQSh kongressi tomonidan amerikaliklarni himoya qilish borasida islohotlar qabul qilinishi lozimligini ta'kidlaydi, deb aytdi. Tramp bunday islohotlar, shuningdek, immigratsiya sohasiga ham tegishli ekanini qo‘shimcha qildi.

11 dekabrda Nyu-Yorkdagi yer osti piyodalar o‘tish joyida portlash sodir etildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlashda gumon qilinayotgan Aqoyid Yullaning tanasiga “past sifatli qo‘lbola portlovchi qurilma” mahkamlangan bo‘lib, u bu qurilmani ataylab portlatgan. Nyu-York o‘t o‘chirish xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi kuyish va kesilgan jarohatlar olgan. Ma'lum qilinishicha, Yulla AQShga immigratsion viza bilan 2011 yil 21 fevralda kelgan. U qonuniy asoslarda AQShda yashash ruxsatiga ega bo‘lgan.   

“Nyu-Yorkda amalga oshirilgan bugungi ommaviy qotillikka urinish – Nyu-Yorkda oxirgi 2 oy ichida amalga oshirilgan ikkinchi teraktdir. Bu terakt Amerika xalqini himoya qilish uchun kongress tomondan qonun islohotlari qabul qilinishi zarurligini ko‘rsatadi”, deb aytgan Tramp teraktdan keyin.  

Trampning ta'kidlashicha, jinoyatchi AQShga oilaviy migratsiya dasturi bilan kelgan. Bu esa “milliy xavfsizlikka to‘g‘ri kelmaydi”.

“Kongress zanjirli migratsiyani to‘xtatishi kerak. Kongress ma'muriyatining ichki xavfsizlikni mustahkamlash, jumladan, immigratsiya va bojxona idoralari xodimlari sonini oshirish, immigratsiya xizmatlari xodimlarining hibsga olish va immigratsiya tizimimizda firibgarlik va suiste'molchiliklarni to‘xtatish bo‘yicha vakolatlarini mustahkamlash bo‘yicha bildirgan takliflariga muvofiq harakat qilishi kerak”, deb aytgan Tramp.

Oilaviy migratsiya AQShda yashaydigan muhojirlarga o‘z oila a'zolari bilan birlashishga imkon beradi.   

Mavzuga oid
Top