07:19 / 12.12.2017
3982

Hondurasda prezident saylovlari natijalariga qarshi noroziliklar bo‘lib o‘tmoqda

Foto: AFP 2017 / Orlando Sierra

11 dekabrda yuzlab namoyishchilar Hondurasda o‘tgan prezident saylovlari natijalariga norozilik sifatida mamlakatning bir nechta muhim avtomagistrallaridagi qatnovni to‘sib qo‘yishdi.    

Oxirgi rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ovozlar qayta hisob-kitob qilingandan keyin ham amaldagi prezident Xuan Karlos Ernandes 42,98 foiz, uning muxolifat alyansidan raqibi Salvador Nasralla 41,38 foiz ovoz to‘plagan.

NTN24 telekanalining ma'lum qilishicha, namoyishchilar mashinalar pokrishkalarini yoqishgan, yo‘llarni tosh va daraxtlar bilan to‘sib tashlashgan. Yo‘llar to‘silgan joylarda namoyishchilar soni ko‘p bo‘lmagan. Vaziyatga politsiya kuchlari va harbiylar aralashishiga to‘g‘ri kelgan.

“Biz aldovga qarshi norozilikni davom ettiramiz”, deb aytgan jurnalistlarga mamlakat poytaxti Tegusigalpadagi shosselardan biridagi bo‘ysunmaslik aksiyasiga boshchilik qilgan Xari Dikson.

Top