17:10 / 12.12.2017
23685

«Rozimiz». Rossiya olimpiya qo‘mitasi Pyongchang bo‘yicha muhim qarorni qabul qildi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya olimpiya qo‘mitasi rossiyalik sportchilarning 2018 yilda Janubiy Koreyaning Pyongchangida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida neytral bayroq ostida qatnashish bo‘yicha bayonotini qo‘llab-quvvatladi. 

Shuningdek, olimpiya majlisi Rossiya olimpiya qo‘mitasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasidan Pyongchangda 2018 yilda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada qatnashish bo‘yicha taklifnoma olmagan yoki undan bosh tortgan sportchilarni qo‘llab-quvvatlashi kerakligi haqida qaror chiqardi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning Pyongchangida 2018 yili bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi rossiyalik sportchilarga pul grantlarini ajratishi, bu ularning musobaqalarda ishtirok etishini ta'minlash uchun kerakligi xabar berilgandi.

Top