00:25 / 12.12.2017
20128

Suriya va Iroqda qolgan jangarilar soni ma'lum qilindi

Foto: Getty Images

Suriya va Iroqda jangarilar soni qisqarmoqda, deb ma'lum qildi Pentagon vakili Rob Menning jurnalistlarga.

Uning aytishicha, bu ikki davlatda 3 mingdan kamroq jangari qolgan.

“IShID o‘z pozitsiyalari va xavfsiz panagohlarini tiklay olmasligi uchun ishni oxirigacha yetkazib qo‘yish qoldi”, deb javob bergan Menning “Iroq va Suriyada IShID to‘liq mag‘lub qilingan, deb aytish mumkinmi?” degan savolga.

Mavzuga oid
Top