21:30 / 12.12.2017
12951

So‘rov: Turkiya Yaqin Sharqda nufuz borasida ikkinchi davlat 

Foto: Anadolu

Turkiya Yaqin Sharqdagi vaziyatga ta'sir ko‘rsatish borasida Rossiyadan keyingi ikkinchi davlat hisoblanadi. Bu haqda Vashingtondagi Pew Research Center tadqiqot markazi o‘tkazgan so‘rov natijalari guvohlik bermoqda

So‘rov shu yilning 27 fevralidan 25 apreliga qadar bo‘lgan muddatda o‘tkazilgan, unda Turkiya, Tunis, Livan, Iordaniya va Isroildan jami 6204 respondent qatnashgan. 

So‘roqnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning 64 foizi hisoblashicha, Rossiya Yaqin Sharqqa eng ko‘p darajada ta'sir o‘tkazadigan davlat hisoblanadi. So‘ralganlarning 63 foizi Turkiyani Yaqin Sharqdagi eng nufuzli ikkinchi davlat deb hisoblashini bildirgan.

So‘rovnoma ishtirokchilarining 62 foizi AQShni Yaqin Sharqdagi nufuz borasida uchinchi o‘ringa qo‘ygan.

Shuningdek, Yaqin Sharqda katta ta'sirga ega mamlakatlar qatorida Eron (53 foiz) Isroil (46 foiz), Saudiya Arabistoni (41 foiz) va Misr (19 foiz) sanab o‘tilgan.

Shu bilan bir vaqtda respondentlar Yaqin Sharqdagi barcha davlatlarning rahbatlari haqida salbiy fikrlar bildirishgan. 

Shuningdek, respondentlarning aksar qismi Suriyadagi ziddiyat yaqin 5 yil ichida bartaraf etilishiga ishonch bildirishgan. Bunga eng ko‘p ishonch bildirganlar iordaniyaliklar ekani ma'lum bo‘ldi - 48 foiz. Isroildagi respondentlarning 40 foizi shunday fikrda bo‘lsa, Livanda bu ko‘rsatkich - 32 foiz, Turkiyada - 27, Tunisda - 15 foizni tashkil qilgan.

Top