20:50 / 12.12.2017
12199

Talabalarga korrupsiya, uning oqibatlari va u bilan kurashish prinsiplari tushuntirildi  

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 12 dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma'naviy-ma'rifiy asoslari” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda institut rektori S.Yunusov, Toshkent shahar Yakkasaroy tuman prokurori o‘rinbosarlari Sh.Yusupov va S.Abduraxmonov, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Ichki ishlar xodimlari, Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov, fakultet dekanlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha fakultet dekani muovinlari va institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210- 168- va 211-moddalari tegishli bandlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi va pora olish, berish yoki vositachilik qilish uchun jinoiy javobgarlikning muqarrarligi haqida gapirib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javob berishdi.

Top