13:30 / 13.12.2017
12267

Andijonda 400 nafar profilaktika inspektorlariga xizmat uylari va avtomashinalar topshirildi

Foto: KUN.UZ

12 dekabr kuni Andijon olimpiya zaxiralari kollejida viloyat IIB ichki ishlar organlari tayanch punktlarining 400 nafar profilaktika inspektorlarini qasamyod keltirish, ularga xizmat uylari va imtiyozli ravishda berilayotgan shaxsiy avtomashinalar kalitlarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Otabek Murodov, Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, Respublika Oliy Sudi raisi Kozimjon Komilov, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, viloyat hokimligi rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari, profilaktika inspektorlarining oila a'zolari ishtirok etdilar.

Profilaktika inspektorlari yig‘ilganlar oldida Vatanimiz kelajagi va istiqboli uchun yurtga fidoyilarcha xizmat qilishga qasamyod qildilar. Ularga xizmat uylari va avtomashinalar kaliti tantanali tarzda topshirildi.

 

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Muallif olgan suratlar.

 

Top