10:41 / 13.12.2017
12843

«Bizga ham kerak emas» - Ukraina Rossiya bilan temir yo‘l qatnovini to‘xtatmoqchi

Foto: Shutterstock

Ukraina infratuzilma vaziri Vladimir Omelyanning ma'lum qilishicha, Kiyev Rossiya bilan temir yo‘l qatnovini to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali xabar berdi.

«Rossiya bilan temir yo‘li orqali qatnov masalasi hozirda birinchi navbatda «Ukrzaliznytsa» [«Ukraina temir yo‘llari», - tah.] tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. O‘ylashimcha, biz yakuniy qaror haqida 2018 yilda xabar berishimiz mumkin bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi Omelyan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada yo‘lovchi poyezdlardan bitta Rossiya poyezdi bor bo‘lib, u «Kishinyov-Moskva» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi hamda Moskvaga yo‘l oluvchi bir necha Ukrainaning poyezdlari mavjuddir». Omelyanning ta'kidlashicha, qatnovni to‘xtatish haqidagi qaror jiddiy tahlil amalga oshirilganidan keyin qabul qilinishi mumkin.

Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, Kiyev Rossiya poyezdlarining Ukraina hududi orqali harakatlanishi to‘xtatilgani tufayli zararlarga ega bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning “RJD” kompaniyasi 2017 yilning 11 dekabridan boshlab uzoq masofalarga qatnovchi barcha yo‘lovchi poyezdlarini Ukraina hududidan o‘tmaydigan yangi temir yo‘liga o‘tkazayotgani xabar berilgandi.

 

Top