08:00 / 13.12.2017
13204

«Chelsi» safarda g‘alabaga erishdi, to‘rtinchi o‘rinda kutilmagan jamoa

Foto: Premer liga

Angliya Premer-ligasining 17-turida «Chelsi» «Haddersfild Taun» ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

O‘yinning 23-daqiqasida hisob Temue Bakayoko tomonidan ochildi, birinchi bo‘lim oxirida Villian mehmonlarning ustunligini oshirdi, 50-daqiqada Pedro Rodriges londonliklar jamoasining uchinchi golini urdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Loran Depuatr hisobni qisqartirdi - 1:3.

Endilikda APL turnir jadvalida «Chelsi» ochkolar soni bo‘yicha «Manchester Yunayted»ga tenglashib oldi.

«Kristal Pelas» bu turda «Uotford» ustidan g‘alabaga erishdi (2:1), o‘yinning 3-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Daril Yanmat hisobni ochgandi, 87-daqiqada mehmonlarning boshqa bir himoyachisi Tom Kleverli maydondan chetlatildi. 89-daqiqada Bakari Sako hisobni tenglashtirdi, qo‘shimcha vaqtlarda Jyeyms Makartur g‘alabali golini urdi. Bu g‘alaba «Kristal Pelas»ga turnir jadvalida 17-o‘ringa ko‘tarilishga imkon berdi.

«Byornli» esa «Stok Siti»ni minimal hisobda yengdi va turnir jadvalida vaqtincha to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. O‘yindagi yagona gol Eshli Barns tomonidan 89-daqiqada urildi. Shon Daych shogirdlari ayni vaqtda 31 ochkoga ega, hali o‘z uchrashuvlarini o‘tkazib yubormagan «Liverpul», «Arsenal» va «Tottenhem»da bu jamoani quvib o‘tish imkoniyati mavjud.

Angliya chempionati
17-tur

Haddersfild – Chelsi 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 23 Bakayoko, 0:2 – 43 Villian, 0:3 – 50 Pedro, 1:3 – 90 Depuatr.
Haddersfild – Lessl, Yorgensen, Leve (Xaderdjonay, 67), Smit, Shindler, Xogg (Uaytxed, 46), Uilyams, Ins, Muy, Kachunga, Mune (Depuatr, 74).
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen (Ampadu, 80), Ryudiger, Mozes, Azar (Batshuayi, 69), Kante (Drinkuoter, 71), Villian, Bakayoko, Pedro, Alonso.

Byornli – Stok Siti 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 89 Barns.
Byornli – Poup, Tarkovski, Uord (Teylor, 41), Bardsli, Long, Defur, Kork, Xendrik (Barns, 71), Gudmundsson, Arfild, Vud (Vouks, 82).
Stok Siti – Batlend, Shoukross, Kemeron, Piters, Zuma (Vimmer, 66), Allen, Fletcher, Shakiri (Shupo-Moting, 84), Sobxi, Krauch, Diuf.

Kristal Pelas – Uotford 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 3 Yanmat, 1:1 – 89 Sako, 2:1 – 90 Makartur.
Kristal Pelas – Speroni, Fosu-Mensa (Sako, 70), Tomkins, Denn, Milivoyevich, Kabay (Makartur, 77), Zaa, Taunsend (van Anxolt, 67), Loftus-Chik, Shlupp, Benteke.
Uotford – Gomes, Predl, Kabasele, Xolebas, Mariappa, Karrilo (Pereyra, 71), Kleverli, Risharlison (Femeniya, 84), Dukure, Yanmat, Dini (Grey, 80).
Ogohlantirishlar: Milivoyevich (63), Kleverli (78), van Anxolt (85), Pereyra (90).
Chetlatish: Kleverli (87).

Top