07:33 / 13.12.2017
6581

Eronda navbatdagi zilzila sodir bo‘ldi

Foto: Flickr / Matt Katzenberger

Eronning sharqiy qismida, Kirmon shahridan 59 km uzoqlikda 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.  

Ma'lum qilinishicha, zilzila 13 dekabr Toshkent vaqti bilan soat 02:41da qayd qilingan.

Zilzila o‘z markazidagi silkinishlar jadalligi bo‘yicha “vayronkor” deb baholangan. Zilzila o‘chog‘i 40 km chuqurlikda bo‘lgan.

12 dekabrda Toshkent vaqti bilan 13:43 da shu hududda 6 magnitudali zilzila, 11 dekabrda esa mamlakatning g‘arbiy qismida, Merivan shahridan 61 km uzoqlikda 5,8 magnitudali zilzila qayd etilgandi.

Noyabr o‘rtasida Eronning Kirmanshoh viloyatida, Eron va Iroq bilan chegarada 7,2 magnitudali zilzila yuz bergandi. Zilzila kuchi, shuningdek, mintaqadagi boshqa davlatlar, jumladan, Kuvayt, BAA va Isroilda sezilgan. Eng so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 520 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan.  

Top