21:00 / 13.12.2017
8971

Google’da 2017 yil yakunlari: «Irma» dovuli, Las-Vegasdagi otishma, KXDR tajovuzi va qidiruvdagi boshqa mavzular

Google kompaniyasi «Qidiruvdagi bir yil» yillik to‘plamining o‘n yettinchisini e'lon qildi. Bu to‘plam qidiruv tizimi versiyasi bo‘yicha yilning jahonshumul hodisa va voqealari va eng dolzarb masalalariga bag‘ishlanadi.

2017 yilda foydalanuvchilarni eng qiziqtirgan savollar «O‘rmon yong‘inlari qanday boshlanadi?», «Shimoliy koreyaliklarning raketalari nechog‘lik uzoqqa ucha oladi?», «Jahonda qochqinlar soni qancha?», «Dovullar qanday paydo bo‘ladi?», «Qanday qilib kuchli ayol bo‘lish mumkin?» va boshqalar bo‘lgan.

Foydalanuvchilar eng ko‘p «Irma» dovuli hamda yangi iPhone 8 va iPhone X haqida ma'lumotlarni qidiruvga berishgan. Shuningdek, NBC kanalining Today dasturini olib boruvchi, ishqiy mojarolar tufayli ishdan bo‘shatilgan Mett Lauer haqida ham ko‘proq bilib olishga harakat qilishgan.

 

Top