20:20 / 13.12.2017
14083

Messi, Ronaldu, De Bryuyne. Yil ramziy terma jamoasi tuzib chiqildi

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2017 yilning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani e'lon qildi.

Terma jamoadan besh nafar «Real» futbolchisi joy olgan. Klubning ramziy bosh murabbiyi sifatida aynan «Qirollik klubi» bosh murabbiyi Zinedin Zidan tayinlandi.

2017 yil ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Janluiji Buffon («Yuventus»). 
Himoyachilar: Marselo, Serxio Ramos (ikkalasi — «Real»), Leonardo Bonuchchi («Milan»), Dani Alves («PSJ»). 
Yarimhimoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich (ikkalasi – «Real»), Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»). 
Hujumchilar: Neymar («PSJ»), Krishtianu Ronaldu («Real»), Lionel Messi («Barselona»).

Top