19:45 / 14.12.2017
9187

24 yoshli ayol yosh qizning tilla ziraklarini yechib ketdi

Bekobod tuman IIBga uy bekasi, 1982 yilda tug‘ilgan Mohira Boltaboyeva (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 1 noyabr kuni noma'lum shaxs, qizi voyaga yetmagan, 3-sinf o‘quvchisi, 2009 yilda tug‘ilgan Dilnura Boltaboyevani qulog‘idagi tilla ziraklarini yechib olib voqea joyidan yashiringanligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor chora tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni uy bekasi, 1993 yilda tug‘ilgan Dildora Bo‘riyeva sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan (talonchilik) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ashyoviy dalil olindi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Top