00:44 / 14.12.2017
18693

Ortiqcha vaznga ega qaysar ayol vanna ichida o‘lim topdi

Foto: Fotolia / Jeka84

Germaniyada yashovchi 145 kg vaznga ega ayol vannaga yiqilib ketib, uning ichidan 10 kun davomida chiqa olmagan. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar bermoqda. 

Voqea Bekkum shahrida yuz bergan. Ayolning erining aytishicha, u vannaxonada shovqinni eshitgach, nima bo‘layotganini bilgani u yerga oshiqqan. U bu yerda rafiqasi vanna ichidagi suvga yiqilib ketib, uni ichida tiqilib qolganini ko‘rgan. Erkakning aytishicha, u rafiqasiga yordam bermoqchi bo‘lgan. Biroq ayol eriga undan hech narsa kerakmasligini aytgan.   

Erkakning ta'kidlashicha, shundan keyin u rafiqasiga mobil telefon keltirib, “Agar yordam kerak bo‘lsa, o‘zing chaqirarsan. Mening yordamimni baribir istamayapsan” deb aytgan. Erkakning ta'kidlashicha, uning rafiqasi vanna ichida planshet o‘ynab yotgan. Bu orada erkak unga ovqat, ichimliklar, dorilar va gazetalar keltirib turgan. 

Taxminan 10 kundan keyin erkak tez yordamni chaqirtirishiga to‘g‘ri kelgan. Shifokorlar ayol ular kelishlaridan kamida ikki kun oldin o‘lib bo‘lganini aniqlashgan. Shifokorlarning aytishicha, u shamollashdan vafot etgan.

Erkak rafiqasining o‘limiga olib kelgan harakatsizlikda ayblanib, hibsga olingan. U o‘z aybini tan olmayapti. Shunga qaramay, u yanvarda sud qilinadi.

Top