21:47 / 14.12.2017
5833

Suriya va Livan o‘rtasida 5 yildan beri ishlamayotgan chegara punkti qayta ochildi

Foto: Getty Images

2012 yilda ishlashi to‘xtatilgan, Suriya va Livan chegarasidagi “Juvaysiya” nazorat-o‘tkazish punkti 14 dekabrda rasman qayta ochildi. Bu haqda Al-Manar telekanali xabar bermoqda.  

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, chegara punktining ochilishi marosimida Suriya ichki ishlar vaziri Muhammad Ibrohim ash-Sha'r hamda Livan maxsus xizmati boshlig‘i Abbos Ibrohim ishtirok etganlar.

Suriya vaziri chegara punktining ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashiga ishonch bildirgan. U, shuningdek, nazorat-o‘tkazish punkti  15 dekabr ertalabdan ishchi tartibda faoliyat yurita boshlashini qo‘shimcha qilgan.

Mavzuga oid
Top