22:59 / 14.12.2017
5971

Turkiya, Iroq va AQSh harbiy rahbariyatlari muzokaralar o‘tkazdi – OAV

Foto: Getty Images

Turkiya va Iroqning qurolli kuchlar bosh shtablari boshliqlari  Xulusi Akar va Usmon al-Ganmiy 14 dekabr Anqarada NATOning Yevropadagi birlashgan qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Kertis Skaparrotti va AQSh qurolli kuchlar markaziy qo‘mondonligi boshlig‘i Jozef Votel bilan uchrashdilar. Bu haqda Hurriyet nashri xabar bermoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, tomonlar mintaqada xavfsizlikni ta'minlash, terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashish uchun zarur choralarni muhokama qilishgan. Nashrning ma'lum qilishicha, muzokaralar davomida IShIDning Suriya va Iroqda yana vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik mavzusi ham ko‘rilgan bo‘lishi mumkin. 

Top