14:59 / 15.12.2017
11123

6 oy. Qozog‘istonda qirg‘izistonlik zobitga hukm chiqarildi 

Foto: dailynews.kz

Qozog‘istonning Korday tumani sudi Qirg‘iziston Respublikasi Bosh shtabi podpolkovnigi Usen Arstanbekovni 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Bu ma'lumot Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Oyimxon Kulukeyeva tomonidan tasdiqlangan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston tomoni sudning qarori haqida og‘zaki xabar bergan. Rasmiy bildirishnoma qo‘shimcha tarzda taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh shtabi podpolkovnigi 15 oktabr kuni Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi «Ak-Jol-avtomobil yo‘li» nazorat-o‘tkazish punktida qo‘lga olingandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uning yonidan giyohvand moddalar topilgan. Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosini Qozog‘iston chegarachilari ushlashdi. Podpolkovnik Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti mamlakatlarining «Buzilmas birodarlik-2017» qo‘shma mashqlariga yo‘l olayotgan bo‘lgan.

Qirg‘iziston Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh shtabida ushbu holat bo‘yicha xizmat surishtiruvi olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top