19:49 / 15.12.2017
38749

Xitoy rasman Sharqiy Al-Qudsni Falastin poytaxti deb tan oldi

Foto: Getty Images

Xitoy hukumati rasman Sharqiy Al-Quds shahrini mustaqil Falastinning poytaxti, deb tan oldi. Bu haqda xabar bergan Dawn nashrining yozishicha, «Xitoy hukumati Islomiy davlatlarning Al-Quds yuzasidan bildirayotgan bayonotlarini anglagan holda, BMTda mazkur shahar yuzasidan qabul qilingan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlaydi».

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Lu Kangning aytishicha, Xitoy tez orada ushbu masalaga nuqta qo‘yilishi va Falastin davlatchiligi shakllanishidan umidvor.

Eslatib o‘tamiz, Istanbul shahrida tashkil etilgan Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlat rahbarlarining navbatdagi sammitida Al-Quds shahrida yuz berayotgan hodisalar yuzasidan deklaratsiya qabul qilingandi. Mazkur Istanbul deklaratsiyasiga ko‘ra, tashkilotga a'zo davlatlar Sharqiy Al-Qudsni Falastin poytaxti, deb tan olgan.

Mavzu
Quddus Isroil poytaxti deb tan olinishi

6 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusning Isroil poytaxti deb tan oldi. U AQSh Davlat departamentiga Tel-Avivdagi elchixonani Quddusga ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlash vazifasini topshirdi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top