19:52 / 15.12.2017
17104

Xo‘jand aeroportida yo‘lovchilarning yukini tashlab kelgan samolyot holatga izoh berdi 

dialog.tj

14 dekabr kuni Istanbul-Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha Tojikiston bosh aeroportiga qo‘ngan samolyot yo‘lovchilarining 150 nafari hanuzgacha yuklarini qabul qilmadi.

Mahalliy tojik nashrlarining xabar berishicha, rasmiy vakillar​ Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot parvozida kuzatilgan texnik kamchiliklar uchun barchadan uzr so‘ragan. Shuningdek, yo‘lovchilarning yuklari tez orada yetkazilishini bildirgan.

«Dushanbe shahridagi aeroportga qo‘nish uchun noqulay ob-havo sharoiti haqida oldindan xabar berilgandi. Xavfsizlik yo‘riqnomasida ko‘rsatilganidek, kema komandiri qo‘shimcha ikkita aeroportni favqulodda qo‘nish uchun tanlashi lozim. Bu holatda eng yaxshi tanlov Xo‘jand va Samarqand aeroportlari hisoblanadi», deyiladi kompaniya rasmiy tushuntirish xatida.

Ma'lum qilinishicha, Xo‘jand shahrida ham kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti samolyotni aeroportga qo‘ndirishda xavf darajasini oshirib yuborishi mumkin edi. Samarqandda to‘xtash uchun qo‘shimcha 1,5 tonna avia yoqilg‘i talab qilinadi. Shuning uchun, kema boshqaruvchisi yo‘lovchilarning 1,5 tonna og‘irlikdagi yuklari evaziga 1,5 tonna yoqilg‘ini g‘amlab olishni ma'qul topgan.

Shunga qaramay, Istanbuldan ko‘tarilgan samolyot yo‘lovchilariga bu haqda ma'lumot berilmagan, qolaversa, Dushanbe shahriga belgilangan muddatdan 45 daqiqaga kechikib qo‘ngan havo layneri bort a'zolari ham ma'lumot bermagan.

Top