09:00 / 15.12.2017
22852

Ispaniya chempionatida uch futbolchi 15 yoshli qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda

Ispaniyaning ikkinchi divizionida kurash olib boruvchi «Aradina» futbol klubi o‘yinchilari 15 yoshli qizni zo‘rlashda ayblanmoqda, deb xabar berdi As.

Nashr ma'lumotlarga ko‘ra, bu Karlos Kuadrado Santos, Raul Kalvo hamda Viktor Rodriges Ramosdir.

Tergovga ko‘ra, jabrlanuvchi uyiga qaytayotganida, uni futbolchilar ko‘rib qolishgan hamda jinsiy aloqaga kirishni taklif qilishgan. Qiz rad javobini bergach, ular tomonidan zo‘rlangan.

Boshqa versiyaga ko‘ra esa, qiz jinsiy aloqaga rozi bo‘lgan, biroq Ispaniya qonunchiligiga ko‘ra bu jinoyat sanaladi, sababi 16 yoshdan kichik bolalar bilan jinsiy munosabatda bo‘lish taqiqlangan.

Tergov olib borilayotgan vaqtda futbolchilar qamoqqa olindi, ularga garov evaziga ozodlikka chiqish imkoniyati ham taqdim etilmagan.

Top