10:10 / 15.12.2017
15587

Tojikiston vazirlik va qo‘mitalarida kiyimning yagona shakli joriy etilmoqda

Foto: News.tj

Tojikistonda vazirliklar va qo‘mitalar xodimlari uchun yagona kiyim shakli joriy etiladi, unda u yoki bu idoradan ekanini bildirib turuvchi maxsus emblema ham bo‘ladi. Bu haqda «AP» mamlakat hukumatidagi manbaga tayangan holda xabar bergan.

Mamlakat Madaniyat vazirligidagi manba ma'lumotlariga ko‘ra, vazirlik milliy yo‘nalishdagi ayollar kiyimi modellari uchun eskizlar tayyorlagan.

«Bizning loyihada alohida idoralar uchun yagona formani tayyorlash bo‘yicha vazifa bo‘lmagan, qo‘mitalar va vazirliklar o‘zlari uchun mos keladigan kiyim shaklini tanlashlari mumkin», - deya xabar qilishgan vazirlikdan.

Shu bilan birga, «AP»ning mamlakat hukumatidagi manbasi so‘zlariga ko‘ra, taxminlarga qaraganda, prezident devoni xodimlarida dengiz to‘lqini rangidagi kiyim formasi bo‘ladi.

Milliy yo‘nalishdagi kiyimlarga keladigan bo‘lsak, ayollar kiyimi modellarining bunday eskizlari uchta idora tomonidan tayyorlangan – Madaniyat vazirligi, Ayollar va oila ishlari bo‘yicha Qo‘mita hamda TR hukumati huzuridagi yoshlar ishlari bo‘yicha Qo‘mita. Biroq, «AP» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, ular Tojikiston prezidenti tomonidan tasdiqlanmagan, shu sababdan mualliflariga qayta ishlash uchun qaytarilgan.

Hozirda esa eskizlarga ega albom ustida maxsus ishchi guruh ish boshlash arafasida turgani aytildi.

Mavzuga oid
Top