15:07 / 15.12.2017
33884

Vazirlar Mahkamasi 2018 yilda sement ishlab chiqarish bo‘yicha qaror chiqardi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining  8.12.2017 yildagi 971-son «2018 yilda sementni ishlab chiqarish va sarflash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

2018 yil 1 yanvardan boshlab monopolist korxonalar sementni faqat birja savdolarida realizatsiya qilishadi. Shu tariqa, respublika ichidagi iste'molchilarga kelgusi yilda birja savdolari orqali 8 mln 424 ming tonna sement sotiladi.

Birinchi marotaba savdoga qo‘yilganda realizatsiya qilinmagan hajmlar bir oy mobaynida qayta savdoga qo‘yiladi va faqat shundan keyingina to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha eksportga realizatsiya qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 14.11.2017 yildagi PQ–3386-son qarori bilan kelasi yildan boshlab yuqori likvidli 27 turdagi mahsulot faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi. Biroq birjada sotib olingan bunday mahsulotlarni qayta sotishga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi.

Ma'lumot uchun. Davlat raqobat qo‘mitasining rasmiy saytidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, 1.10.2017 yil holatiga sementni ishlab chiqarish tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan 4 ta korxona - (monopolist korxonalar): «Qizilqumsement» AJ, «Quvasoysement» AJ, «Bekobodsement» AJ va «Ohangaronsement» AJ tomonidan amalga oshiriladi.

Hujjat 12.12.2017 yildan kuchga kirdi.   

Mavzuga oid
Top