09:07 / 16.12.2017
19244

AQSh yana Eronning jig‘iga tegmoqchi - OAV

Foto: Daily Mirror

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati shunday strategiyani ilgari surmoqdaki, u Boeing hamda Airbus kompaniyasining Eron aviakompaniyalariga yuzlab laynerlar sotish bo‘yicha rejalariga xalaqit berishi mumkin, deb xabar berdi Wall Street Journal nashri amerikalik amaldorlarga tayangan holda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh ma'muriyati Eron aviayo‘nalishlari yangi yoki eski yo‘lovchi samolyotlaridan Suriyaga qurol-yarog‘ hamda harbiylarni jo‘natishda foydalanishi mumkin ekanidan xavfsiramoqda. Trampga taqdim etiladigan variantlar o‘z ichiga savdoga taqiq hamda samolyotlarni yetkazib berishga xalal berishi mumkin bo‘lgan qattiq shartlar joriy etilishini qamrab olishi ehtimoli bor. 

Nashrning xabar berishicha, Eronga Airbus Yevropa aviakonserni samolyotlarini yetkazib berilishi AQSh tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi ham mumkin, sababi ehtiyot qismlarning aksariyati Amerikada ishlab chiqariladi. 

Eron va xalqaro vositachilarning "oltiligi" (Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya) 2015 yilning 14 iyul kuni Eron atomi bo‘yicha ko‘p yillik muammoga yechim topish to‘g‘risidagi tarixiy kelishuvga erishdi: Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasi qabul qilindi, uning bajarilishi esa Erondan avval BMT Xavfsizlik Kengashi, AQSh hamda Yevroittifoq tomonidan joriy etilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar olib tashlanishini anglatadi.

O‘tgan yili esa Eronning Iran Air aviakompaniyasi Amerikaning Boeing ishlab chiqaruvchisi bilan 80 ta samolyotni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Rejalarga ko‘ra, Iran Air yaqin 10 yil ichida 50 ta Boeing 737 hamda 30 ta Boeing 777 samolyotini qabul qilib olishi lozim edi. Amerikaning Boeing korporatsiyasi va Eronning Iran Aseman Airlines aviakompaniyasi iyunda Tehronga 60 ta Boeing 737 MAX samolyotini yetkazib berish haqida shartnoma imzolagan.

Mavzuga oid
Top