13:54 / 16.12.2017
4995

«Tozalash-Antiterror»: Bektemirda huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi

Foto: Newspotng

Joriy yilning 14 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Bektemir tumani hududida o‘tkazilgan «Tozalash-Antiterror» tadbiri davomida, respublikaning turli viloyatlaridan kelib, muayyan ish joyiga ega bo‘lmagan, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmagan hamda xonadon egasi bilan ijara shartnomasi rasmiylashtirmay yashab kelayotgan shaxslar va boshqa huquqbuzarliklar aniqlanib, ularning barchasi tuman IIB tomonidan tekshirildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Mazkur o‘tkazilgan tadbir davomida jami 274 nafar shaxs tekshirilgan bo‘lib, shulardan qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan choralar ko‘rildi. Jumladan:

- 1 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi;

- 93 nafar fuqaro respublikaning boshqa viloyatlaridan kelib, Toshkent shahrida doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan yashab kelayotganliklari aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasi 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi;

- 21 nafar xonadon egasi o‘z xonadonlarini Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslarga yashash uchun taqdim etganligi aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasi 2-qismi, 7 nafar xonadon egasiga esa MJtKning 223-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi;

- 11 nafar jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste'mol qilgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 187-moddasiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi;

- 5 nafar mayda bezorilik sodir etgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi;

- shuningdek, 1 nafar voyaga yetmagan shaxs bemaqsad, ota-onasining nazoratisiz yurganligi aniqlanib, Toshkent shahar IIBB VeIXYoKMga joylashtirildi.

Top