23:01 / 17.12.2017
6593

APL. "MYu" safarda "Vest Bromvich"ni yengdi

Foto: Twitter/Premierleague

Angliya chempionatining 18-turida "Manchester Yunayted" safarda "Vest Bromvich"ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv mehmonlarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

27-daqiqada Lukaku hisobni ochgan bo‘lsa, 35-daqiqada Lingard oradagi farqni oshirdi. Mezbonlarning yagona goli 77-daqiqada Berri tomonidan kiritildi. 

Vest Bromvich – Manchester Yunayted 1:2
Gollar:
0:1 – 27 Lukaku, 0:2 – 35 Lingard, 1:2 – 77 Berri.
Vest Bromvich – Foster, Xegazi, Gibbs, Nom, Evans, Kryxovyak (Brant, 72), Yakob (Berri, 46), Makkleyn, Livermor, Berk (Rodriges, 64), Rondon.
Manchester Yunayted – De Xea, Djons, Smolling, Valensiya (Roxo, 66), Mata, Yang, Errera, Matich, Lingard (Maktomini, 86), Reshford (Marsyal, 79), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Reshford (53), Matich (90), Rondon (90), Roxo (90).

Top