07:50 / 17.12.2017
22005

Hindistonda yo‘lbars to‘yda sarosima keltirib chiqardi (video)

Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida yovvoyi yo‘lbars to‘y o‘tayotgan joyga kelib, u yerdagi odamlar orasida sarosima keltirib chiqardi. Bu haqda The Times of India nashri xabar bermoqda.

Yirtqich changalzor orasidan chiqib kelib, odamlar orasida vahima uyg‘otgancha, ular orasidan salmoqlanib o‘tib ketgan. Ta'kidlanishicha, yo‘lbars hech kimga jarohat yetkazmagan. “To‘y avjida bo‘lganda, birdan yo‘lbars paydo bo‘lgan. Mehmonlar qichqirib, turli tomonga qocha boshlaganlar. Sarosima yo‘lbars o‘rmonga qaytmaguncha davom etgan”, deb aytdi mahalliy tabiatni qo‘riqlash tashkiloti xodimi.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu voqeadan keyin yo‘lbars Maxarashtra shtatida paydo bo‘lib, bu yerda bir ayolga hujum qilgan. Ayol jarohatlar bilan Tamzar shahridagi shifoxonaga yetkazilgan.

Zoologlar yo‘lbarsning o‘zini noodatiy tutishini qayd qilishgan: u aholi punktlari yaqinida kezib, odamlardan qo‘rqmaydi va gavjum yo‘llar bo‘ylab harakatlanadi. Bxandara okrugining o‘rmonlarni qo‘riqlash tashkiloti xodimi Vivek Xoshingning aytishicha, yo‘lbars ortidan kuzatuv olib borish uchun 7 kishidan iborat maxsus guruh tuzildi.

Top