01:57 / 17.12.2017
9721

«Napoli» Italiya chempionati cho‘qqisiga qaytdi

Italiya A Seriyasida 17-tur o‘yinlari davom etmoqda.

«Napoli» safarda «Torino» bilan bellashdi va ishonchli tarzda g‘alaba qozondi. Mehmonlarning uchta goliga mezbonlar faqat bir marta javob qaytara oldi.

Natijada, «Napoli» 42 ochko jamg‘arib, «Inter»dan 2 ochko o‘zib ketgan holda, yana chempionat peshqadami bo‘lib oldi.

Italiya chempionati, 17-tur
Torino – Napoli - 1:3 
16 dekabr, «Olimpiko di Torino» stadioni
Gollar: 0:1 – 4 Kulibali, 0:2 – 25 Zelinski, 0:3 – 30 Hamshik, 1:3 – 63 Belotti. 
Torino – Sirigu, Nkulu, Molinaro, de Silvestri, Burdisso, Rinkon, Valdifori (Lyayich, 46), Yago Falke (Edera, 78), Bazelli, Berenger (Nyang, 65), Belotti.
Napoli – Reyna, Kulibali, Mariu Ruy, Xyusay, Albiol, Hamshik (Rog, 83), Jorjino (Diavara, 76), Zelinski (Insine, 70), Allan, Kalexon, Mertens.
Ogohlantirishlar: Bazelli (37), Albiol (76).

Mavzuga oid
Top