09:31 / 18.12.2017
5499

Filippinda ko‘chkilar va suv toshqinlari, qurbonlar ko‘p

Foto: Reuters

Filippinda yuz bergan ko‘chkilar va suv toshqinlari natijasida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Philippine News Agency xabar bermoqda.

Xabarlarga qaraganda, suv toshqinlari ko‘priklarga ham jiddiy zarar yetkazgan, bir necha shahar mamlakatning qolgan qismidan to‘silib qoldi.

Shuningdek, 24 kishi bedarak yo‘qolgani ma'lum qilinmoqda. Minglab odamlar tabiiy ofat oqibatlari tufayli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vetnamning markaziy va shimoliy qismida kuzatilgan suv toshqinlari oqibatida 68 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.

Top