08:30 / 18.12.2017
4954

«Seltik»ning 69 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi to‘xtatildi

Foto: Chempionat

Shotlandiya chempionatining 19-turida «Seltik» klubi «Harts»ga mehmonda 0:4 hisobida yutqazdi. 

Gollarni Harri Kokran (26-daq.), Kayl Lafferti (35) va Manuel Milinkovich (48 va 76) kiritdi. «Seltik»ning bu mag‘lubiyati sababli milliy musobaqalardagi 69 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yildi.

«Seltik» bungacha oxirgi marta 2016 yilning 11 may kuni chempionat doirasida «Sent-Jonston»ga qarshi kechgan uchrashuvida 1:2 hisobida yutqazgandi. 

Hozirda «Seltik» Shotlandiya chempionatida 41 ochko bilan peshqadam bo‘lib qolmoqda, «Harts» esa 27 ochko bilan 5-o‘rinda joylashgan.

Mavzuga oid
Top