10:59 / 18.12.2017
16577

O‘zgarishlar boshlandi. Jeenbekov Xavfsizlik kengashi rahbarini ishdan bo‘shatdi

Foto: RIA "Novosti"

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat Xavfsizlik kengashi rahbari Almazbek Kurmanaliyevni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda davlat rahbari saytida xabar berilgan.

«Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov tegishli farmonni imzoladi, unga ko‘ra Kurmanaliyev Almazbek Abdinazarovich Qirg‘iziston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimidan taqdim etgan arizasiga muvofiq ozod etildi», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston prezidentiga yordamchi va maslahatchi tayinlangani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid
Top