19:01 / 18.12.2017
16219
Reklama

“Zeleniy chay” tomonidan o‘tkazilgan aksiya g‘oliblariga sovg‘alar topshirildi

Foto: Zeleniy chay

Poytaxtimizning “Afsona savdo markazi”da  2017 yil 17 dekabr kuni “Zeleniy chay” kompaniyasi  tomonidan o‘tkazilgan “Aktsiya O”ning  tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Aktsiya O” g‘oliblarini taqdirlashning  dastlabki bosqichida Toshkent shahri va Toshkent viloyati g‘oliblari, homiy tashkilot vakillari, aksiya tashkilotchilari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar. Aktsiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yurtimiz iqtisodiyotiga hissa qo‘shish, ya'ni kichik biznes sub'yektlari hamda tadbirkorlik faoliyati rivojiga ko‘maklashishdan iborat. Aktsiyaning yana bir muhim jihatlaridan biri shundaki, u nafaqat savdo hajmini oshirish, qolaversa, uzoq yillar davomida kompaniya xaridoriga aylangan iste'molchilarni kundalik yumushlarida asqatadigan kerakli maishiy texnikalar bilan mamnun qilishdan iborat.

Foto: Zeleniy chay
Foto: Zeleniy chay
Foto: Zeleniy chay

Tadbir haqiqiy ma'nodagi yangi yil bayramiga aylanib ketdi. Ushbu kun nafaqat g‘oliblarni taqdirlash, qolaversa, yig‘ilganlarga bayram kayfiyatini ulashish bilan ham ahamiyatli bo‘ldi. Ayniqsa, elimiz ardog‘idagi san'atkorlar, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilhom Farmonovlarning tashrifi marosimga yanada ko‘tarinkilik olib kirdi va shubhasiz g‘oliblarga ikki karra quvonch ulashdi. Shuningdek, aksiya g‘oliblarini taqdirlashdan tashqari, kelgan mehmonlar uchun boshlovchilar Dilnoza Kubayeva va Nodirshohlar tomonidan qiziqarli viktorinalar o‘tkazilib, ularga ham kompaniya tomonidan changyutgich va dazmol kabi qimmatbaho buyumlar sovg‘a qilindi.

Foto: Zeleniy chay
Foto: Zeleniy chay
Foto: Zeleniy chay

“Aktsiya O”ga o‘xshash uzoq muddat davom etuvchi va katta sovrin jamg‘armasiga ega promoaksiya O‘zbekistonda ilk bor “Zeleniy chay” kompaniyasi tomonidan o‘tkazilmoqda. Aktsiya sovrin jamg‘armasining hajmi 1000 ta avtomat kir yuvish mashinasi, 6 000 ta dazmol, 2 000 ta changyutgich va 3 000 000 ta 250 grammli “Zeleniy chay” kir yuvish kukunidan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bugunga qadar birgina Toshkent shahri va viloyati bo‘yicha jami 150 tadan ortiq maishiy texnika vositasi va  8000 ta 250 grammlik kir yuvish kukuni g‘oliblari aniqlandi.

Foto: Zeleniy chay
Foto: Zeleniy chay
Foto: Zeleniy chay

Kompaniya xodimining ta'kidlashicha, “Aktsiya O”ni ro‘yobga chiqarish uchun kompaniya mutasaddilari ikki yil davomida kerakli mutaxassis va ma'lumotlarga asoslangan holda tayyorgarlik ko‘rishgan. Aktsiya o‘zining samarali natijasini ko‘rsatishi va bu xalqimizni xursand qilishiga ishonch bildirmoqda. Aktsiya tashkilotchilari tomonidan o‘tkaziladigan sovg‘a topshirishning keyingi bosqichlarida viloyat g‘oliblarini taqdirlash rejalashtirilgan. Bu jarayon barcha viloyatlarda, ya'ni har bir g‘olibning o‘zi yashaydigan hududga borib amalga oshiriladi.

Reklama huquqi asosida

Top