11:39 / 21.12.2017
5674
Reklama

O‘ta yuqori sifat. LG Meridian Audio bilan hamkorlik qilmoqda

Foto: LG

LG Electronics (LG) va Meridian Audio kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab ko‘plab iste'molchilar yuqori sifatli tovushdan bahramand bo‘lishlari uchun sa'y-harakatlarni birlashtirmoqda. Innovatsion maishiy elektronikani yaratishdagi mahorati ko‘plab mukofotlar bilan tasdiqlangan LG, Meridian ekspertlaridan beqiyos tovush texnologiyasi va akustikaga innovatsion yondashuv noyob yechimlarni yaratishga imkon beradi hamda tinglovchilarga cheksiz quvonch baxsh etadi.

Koreyaning ichki bozor uchun birinchi radiopriyomniklar ishlab chiqaruvchisi sifatida ish boshlagan LG kompaniyasi bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab iste'molchilar uchun audiotexnika ishlab chiqishda katta tajribaga ega. Britaniyaning Meridian kompaniyasi bilan hamkorlik akustikada yangi standartni o‘rnatadi, uning asosi - tabiiy va haqiqiy tovush bo‘lib, u ko‘plab tadqiqotlar va jiddiy ishlanmalar yordamida olindi. LG va Meridian LG audiomahsulotlarning keng spektrini yaratish ustida hamkorlik qiladi, bularning ichida saundbarlar hamda simsiz audiotizimlar bor.

Meridian kompaniyasi qirq yil avval tashkil etilgan bo‘lib, o‘shandan beri doimiy ravishda akustik qurilmalar sanoatini rivojlantirib bordi hamda yuqori sifatli tovush novatoriga aylandi. Meridian kompaniyasi raqamli signallarni qayta ishlash sohasi bo‘yicha mutaxassis (DSP) va ovozni qabul qilish psixologiyasida ekspert bo‘lib, butun sanoatga ta'sir ko‘rsatdi. Bundan tashqari, u yuqori kenglikdagi audio (Hi-Res Audio) va MQA (Master Quality Authenticated) texnologiyasi kabi inqilobiy tovush texnologiyalarini ishlab chiqish hamda joriy etishda juda muhim o‘rinni egalladi, va dunyodagi birinchi faol akustik tizim yaratuvchisiga aylandi. Meridian ekspertlari avtomobil audiotizimlariga yangi standartni o‘rnatib, 2012 yilda dunyodagi birinchi 3D tovushli avtomobil tizimini taqdim etishdi.

«Meridian bilan hamkorlik LG'ning yuqori sifatli audio tizimlarni yaratishga sodiqligini tasdiqlaydi, ular sohadagi eng yaxshi vakillar bilan raqobat qilishi mumkin, - deya aytib o‘tdi LG Home Entertainment kompaniyasida konvergent audio va videoqurilmalar bo‘limi rahbari So Yon-jye (SeoYoung-jae). - Ushbu hamkorlikning maqsadi - butun dunyo bo‘ylab LG mahsulotlaridan foydalanishda takrorlanmas sifat hamda ajoyib quvonchni ta'minlashdir».

Meridian Audio kompaniyasining bosh ijrochi direktori Jon Byukenen (John Buchanan) qo‘shimcha qilib, shunday dedi: «Biz LG bilan hamkorlik qilishdan juda mamnunmiz va ishonamizki, tajribamiz va umumiy qadriyatlarimiz ham yaqin vaqtda ichida, ham kelajakda bozorda ko‘plab innovatsiyalarning paydo bo‘lishiga yordam beradi».

Reklama huquqi asosida

Top