Ötgan yilning sentabrida Qilu Transportation Development Group kompaniyasi Tszinan şahrida ilk quyoş panellaridan yöl loyihasi qurilişini tugalladi. 10 oy davom etgan quriliş davomida yöllar 660 kvadrat metr quyoş batareyalari bilan jihozlandi. Electrek şu haqida xabar berdi. 

Hozir "quyoş yöli"ning tezkor Tszinan avtomagistralida 1,6 kilometrli ikkinçi loyihasining quriliş bosqiçi yakunlandi. 

Yöl uç qatlamdan iborat. Ustki qatlam "şaffof beton" körinişida bölib, u asfaltning tuzilmaviy xususiyatlariga ega innovatsion material hisoblanadi. Ikkinçi qatlam - quyoş panellarining özi. Quyi qatlam quyoş batareyalarini pastdagi nam yerdan himoyalovçi innovatsion materiallardan iborat. 

Foto: Electrek
Foto: Electrek
Foto: Electrek
Foto: Electrek
Foto: Electrek
Foto: Electrek

Yöl hatto yirik transport vositalariga ham çidamli, ança  mustahkam böladi. Loyiha muhandislarining aytişiça, tez orada ularda elektromobillarni yöl-yölakay simsiz zaryadlaş funksiyasi joriy qilinadi. 

Foto: Electrek