12:20 / 22.12.2017
46420

Prezident Moliya vaziriga muhlat berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida rahbarlar bugungi davr talablariga mos ravishda ishlashi zarurligini qayd etdi. 

«Hisobotlarda go‘yoki ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgandek tuyuladi, lekin ular faqat raqamlar, bizga raqamlar emas, odamlarning ahvoli, turmush darajasi yaxshilanishi kerak. Mahalliy kengash, tuman, shahar va respublika shu bilan shug‘ullanishi kerak. 

Aytinglar yana qanday qaror chiqaray odamlar ishonishi uchun? Bir yilda bitta deputat menga xat bilan chiqmadi. Kecha byudjyet muhokama qilinganini ko‘rdim. Janob Qo‘chqorovni chaqib-chaqib olishganini ko‘rdim. To‘g‘ri qilishdi. Deputatlar ma'qullagan byudjyetni men imzolamayman. Moliya vazirligidagi noinsoflarga qulay bo‘lgan byudjyetni emas, xalqimizga oson bo‘lgan byudjyetni imzolayman.

Nima uchun Moliya vazirligini o‘zgartirdim, Moliyaning «M» harfini tushunmaydiganlarni haydab yubordim, rahbarlari ketdi, lekin pastdagi «kalamushlar» o‘tiribdi.

Qo‘chqorov o‘zgarish qilmasa bir oyda ishdan haydayman. Avvalgi «moliyaning hidi» kelib turibdi, tashqaridan ishlar olib borib turibdi bir-ikkitasi. Ertangi kunni o‘ylaydigan Moliya kerak menga», dedi prezident.

Top