08:00 / 24.12.2017
15387

«Manchester Yunayted» g‘alabani boy berdi

Foto: Angliya premer ligasi

«Manchester Yunayted» Angliya premer ligasining 19-turi doirasida «Lester Siti»ga qarshi o‘ynadi. Lesterdagi «King Pauer — Uolkers» stadionida kechgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

O‘yin boshida Riyoz Mahrez to‘pni raqib jarima maydonida bo‘sh turgan Jyeymi Vardiga uzatdi. Hujumchi esa osonlik bilan David De Xeani dog‘da qoldirdi. O‘yinning 40-daqiqasida Antoni Marsiyal chap qanotdan hujumga o‘tib Jyessi Lingardga to‘pni uzatdi, uning zarbasi Xuan Mata orqali darvozaga borib tushdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Mata standart vaziyatdan «tulkilar» darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol qildi. 74-daqiqada Daniel Amarti Markus Rashfordga ishlatgan qo‘polligi uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. 94-daqiqada Mark Olbrayton chap qanotdan darvozaning uzoq burchagi sohasiga pas uzatdi, to‘pga Garri Maguayer teginib qo‘ydi va hisob tenglashdi - 2:2.

«Manchester Yunayted» endilikda 42 ochko bilan ikkinchi o‘rinda va «Manchester Siti»dan 13 ochkoga ortda qolmoqda. «Lester» 27 ochkosi bilan sakkizinchi o‘rinda joylashgan.

Angliya chempionati
19-tur

Lester – Manchester Yunayted 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 27 Vardi, 1:1 – 40 Mata, 1:2 – 60 Mata, 2:2 – 90 Maguayr.
Lester – Shmeyxel, Simpson (Amarti, 57), Morgan, Maguayr, Fuks, Ndidi, Iborra (Okadzaki, 67), Mahrez, Grey (Chiluell, 80), Olbrayton, Vardi.
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Smolling, Jons, Yang, Pogba, Matich, Mata (Mxitaryan, 83), Lingard (Errera, 76), Marsiyal (Reshford, 71), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Lindelef (34), Matich (47), Olbrayton (54), Amarti (69), Marez (81).
Chetlatish: Amarti (73).

Top