14:43 / 25.12.2017
6664

Endi Assanj va Twitter. WikiLeaks asoschisining sahifasi yo‘qolib qoldi

Foto: Reuters

WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi yo‘qolib qoldi. Bu haqda International Business Times xabar bermoqda.

Hozircha akkaunt Twitter texnik qo‘llab-quvvatlov xizmati tomonidan bloklab qo‘yilganmi, yoki Assanjning o‘zi uni o‘chirib yuborganmi, bu boradagi ma'lumot noma'lum bo‘lib turibdi. Ba'zi foydalanuvchilarning taxminicha, Assanjning profili noma'lum hakerlar tomonidan buzib kirilgan, so‘ng esa o‘chirib tashlangan.

WikiLeaks’ning Twitter’dagi rasmiy akkauntida hozircha hech qanday izoh berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzon Qodirovning Instagram va Facebook’dagi sahifalari yopib qo‘yilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top