19:50 / 25.12.2017
10813

Telegram ishida yana nosozliklar yuz berdi

Foto: Gazeta.Ru

Telegram messenjeri ishida yana nosozliklar ro‘y berdi. Bundan internet-resurslar faoliyatini kuzatib boruvchi Downdetector portali ma'lumotlari darak bermoqda.

Foydalanuvchilarning xabarlariga ko‘ra, fotosuratlarni yuklash juda ham sekinlashgan.

Rossiyada Moskva, Sankt-Peterburg, Voronej, Qozon, Samara, Perm, Novosibirsk, Tomsk, Krasnoyarskdan bo‘lgan foydalanuvchilarda muammolar kuzatilgan.

Shuningdek O‘zbekiston, Ukraina, Belarus, Germaniya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Gollandiya, Avstriya, Eron, Pokiston va boshqa davlatlarda ham nosozliklar kuzatilgan.

Messenjer ishida avvalgi uzilish 18 dekabr kuni kuzatilgandi. O‘shanda Telegram asoschisi Pavel Durov uni foydalanuvchilarning soni ortib ketgani bilan izohlagandi.

Top