00:34 / 26.12.2017
9060

YUNISEFga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Kenji Takigami

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Genriyetta Forni BMT bolalar jamg‘armasining (YUNISEF) yangi ijrochi direktori etib tayinladi. For bu lavozimda tashkilotni 2010 yildan boshqarib kelgan Entoni Leyk o‘rnini egallaydi.

Ma'lum qilinishicha, For 40 yillik ish tajribasiga ega va AQShning xalqaro taraqqiyot agentligiga rahbarlik qilgan ilk ayol hisoblanadi. 

“For AQSh davlat departamentining turli bo‘linmalarida lavozimlar egallagan, AQSh zarbxonasiga rahbarlik qilgan hamda Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi bilan hamkorlik qilgan. Bundan avval For Holsman International investitsion kompaniyasi bosh direktori bo‘lib ishlagan. Bundan tashqari, u dunyo bolalarining taraqqiyoti va farovonligi sohasida ishlovchi tijorat va notijorat tashkilotlarining raisi bo‘lgan”, deb ta'riflangan For.  

Genriyetta For yangi majburiyatlarini 2018 yil 1 yanvardan boshlab bajarishga kirishadi.

Top