Tungi osmonga boşingizni kötarib, yulduzlarga köz taşlaganingizda his qilgan tuyğularingiz esingizdami? Öşa damda nima haqida öylagan edingiz? Yulduzlar va uzoq sayyoralar xayolimizni zabt etadi, özimizni samo oldida kiçik bir jonzotdek his qilişga majbur qiladi. Ming yillardan beri biz tubsiz osmonga köz taşlab, u nimalarni yaşirar ekan deb öz-özimizdan söraymiz. Odamzod paydo bölganidan beri samoni tuşuniş va zabt etiş xayollari bilan band. Tarixda astronomlar yulduz sanaşgan, yulduz xaritalarini tuzişgan va avloddan-avlodga samo haqidagi bilimlarini uzatişgan va töplaşgan. Vaqt ötdi va koinotning odamzod tomonidan zabt etilişi vaqti keldi. Biz samoga çiqdik, biz oyga qadam bosdik.
Odamzod koinotga birinçi marta çiqqanidan beri yarim asr ötdi. Uşbu vaqt içida texnologiyalar şunçalik ilğorlaşib ketdiki, hozir qölimizda uşlab turgan smartfonlarimiz oyga yöl olgan Apollon – 11 ning hisoblaş maşinalaridan ança kuçliroq. Yangi Artel U5 smartfoni xususiyatlari va taşqi körinişi xuddi taraqqiyot şarafiga örnatilgan yodgorlikdek.
Uning taşqi körinişi va töq qora rangi tufayli, Artel U5 samoviy kemaning muhim bir qismiga öxşab ketadi.

Artel U5 ni xarid qilgan har bir inson özini katta tizimning qismi ekanligini his etişi mumkin.
Yangi smartfonda, katta va yorqin ekrandan boşlab barmoq izi himoyasiga qadar, mobil telefonlar işlab çiqariş sohasidagi barça yangiliklar va yutuqlar töplangan.
U5 smartfoni Artel korxonasining smartfonlari davomçisidir. Uning xususiyatlari, qulayligi va taşqi körinişi hayratga soladi. Artel U5 ning körkam dizayniga qarab, uning egasi doimo olğa intiluvçi, taraqqiyparvar ekanligini tuşunib yetiş mumkin.
Smartfon xususiyatlari
Artel U5 ga 5.7 dyuymlik ekran örnatilgan. Uşbu ekran smartfon frontal qismining 83 foizini taşkil etadi. Bu degani, Artel U5 ning ekrani xuddi şu ölçamdagi smartfonlar ekranidan ança katta. Artel U5 ning ekrani IPS bölib, HD + formatiga ega, ekran ölçamlari esa 1440 ga 720 pikselni taşkil qiladi. Undan taşqari U5 smartfonining ekrani 2.5D xususiyatiga ega. 2.5D xususiyati tufayli ekrandagi tasvir umuman özgaça tus oladi. Yangi smartfonning sensori esa juda ham tezkor va sezgir.




















