15:45 / 28.12.2017
16990

Buxoroda vodiylik firibgar ayollar qo‘lga olindi

Foto: Photl

G‘ijduvon tuman IIBga, “Gajdumak” MFY, Mirzayon qishlog‘ida  yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan, uy bekasi Usmonova Yulduz Zavqi qizi ariza bilan murojaat qilib, 2017 yil 15 sentabr kuni soat 11:30 larda ikki nafar noma'lum shaxs shundan bir nafari taxminan 40-45 yoshlardagi va bir nafari 30-35 yoshlardagi ayollar uni yashash xonadoniga kelib, unga eski palto yoqasi, eski tanga, tilla taqinchoq sotib olib yurganliklarini aytib, unga qulog‘idagi ziragini tilla yoki tilla emasligini aniqlab beraman deb olib, uni qandaydir suyuqlikka botirganda, zirak qorayib qolganligini, shu tariqa unga tegishli 2 juft zirak va 1 dona tilla zanjirni shu tartibda suyuqlikka botirganda qoraygan taqinchoqlarni 2 soat ichida tozalab keltirib beraman deb olib, o‘zini qulog‘idagi zirakni bir poyini unga garov sifatida qoldirib, unga o‘zini “Nafisa” deb tanishtirib, umumiy bahosi 1.600.000 so‘mlik 2 juft zirak va 1 dona bahosi 1.000.000 so‘mlik tilla zanjirini firibgarlik yo‘li bilan aldab olib ketganliklarini bildirgan edi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, Yu.Usmonova bilan shaxsan fotosuratidan tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati o‘tkazish davomida ushbu jinoyatni, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar, Muqimiy ko‘chasi 29-uyda yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Dadabayeva Saidaxon Malikjon qizi va Namangan viloyati, Namangan shahar 2-Guliston ko‘chasi 4-uyda yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan Sanginova Xurshida Ergashovnalar sodir qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.Dadabayeva va X.Sanginovalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Top