20:02 / 28.12.2017
10943

Messi lotinamerikalik boylar ro‘yxatida yuqoriga ko‘tarildi

Foto: Reuters

Forbes nashri Lotin Amerikasining 2017 yilda eng ko‘p daromad olgan mashhur shaxslari reytingini tuzib chiqdi.

Birinchi o‘rinni «Barselona» hujumchisi Lionel Messi qo‘lga kiritdi. U 2017 yil iyun oyidan buyon 80 million dollar daromad olgan va dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylangan. Qizig‘i shundaki, fevral oyida u «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldudan orqada borayotgan edi.

Ikkinchi o‘rinni hududdagi mashhur askiyachi Lui Si Key (52 mln dollar) egallab turibdi. Uchinchi pog‘onada kolumbiyalik aktrisa Sofiya Vergara (41,5 mln), to‘rtinchi pog‘onada mashhur ashulachi Bruno Mars (39 mln), undan keyingi o‘rinlarda aktrisa va ashulachi Jyennifer Lopes (38 mln) bilan yana bir futbolchi Neymar (37 mln) bormoqda.

Forbes nashrining lotinamerikalik eng ko‘p daromad olgan shaxslar umumiy reytingida Messi 14-o‘rinda qayd etilgan.

Top