Prokuratura test sinovlarida qonunbuzarliklar aniqlamadi

Foto: KUN.UZ
Toshkent shahar prokuraturasi KUN.UZ tahririyatining oliy ta'lim maskanlariga davlat test imtihonlari o‘tkazilishida qonunbuzarliklar yo‘l qo‘yilgani yoki yo‘qligini aniqlash bo‘yicha taqdimnomasiga javob berdi.
Ma'lumki, tahririyat muxbiri internet saytida e'lon qilingan test natijalariga doir surishtiruv natijalarini shu yilning 19 oktabrida shahar prokuraturasi rasmiy vakiliga taqdim etgan edi. 28 dekabr kuni Toshkent ShIIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ayni taqdimnomani o‘rganish bo‘yicha bayonot berildi.
Toshkent shahar prokuraturasi rasmiy vakili Bobir Dehqonovning so‘zlariga ko‘ra, prokuratura organlari KUN.UZ saytida e'lon qilingan maqolalarni chuqur o‘rganib, tegishli surishtiruv ishlarini olib borib, davlat test imtihonlarida qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilmagan, degan xulosaga kelgan.
“Siz taqdim etgan barcha hujjatlar tegishli tarmoqqa topshirilgan, prokuraturaning tegishli idoralari tomonidan, mutaxassislarni jalb qilgan holda to‘liq o‘rganib chiqildi. Fuqarolar, hujjatda ko‘rsatilgan OTM yoki ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha fuqarolardan tushgan murojaatlar asosida barcha hujjatlar qabul qilingan va daxldor mansabdor shaxslar bilan suhbatlar uyushtirilgan.
To‘plangan hujjatlar va ma'lumotlarga ko‘ra, test sinovlari davomida qonun buzish holatlari aniqlanmagan. Jumladan, fuqarolar e'tirozlariga sabab bo‘lgan tartibbuzarliklar, javoblar varaqalari bo‘yicha yonma-yon o‘tirishlar, bir-biriga yordam berish, taqiqlangan vositalardan foydalanish, test materiallarining auditoriyadan chiqish holatlari kuzatilmagan.
Shu bilan birga, Davlat test markaziga muhrlangan holatda olib kelingan javob varaqalari bo‘yicha yopiq rejim – maxsus nazoratda tekshirilgan va shunday tartibda qabul komissiyalariga taqdim qilingan”, - dedi Toshkent shahar prokuraturasi rasmiy vakili.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
Jahon | 17:02
-
GWM “Auto Shanghai 2025”da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida
O‘zbekiston | 17:00
-
Hindiston Pokiston suv oladigan daryolarni ochib yubordi
Jahon | 16:57
-
Rossiya va Ukraina 2022 yildan buyon ilk muzokaralarga tayyorlanmoqda. Otishmalar davom etmoqda
Jahon | 16:55
Mavzuga oid

12:18 / 10.05.2025
Etihad Airways Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin

09:50 / 09.05.2025
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

14:56 / 06.05.2025