2017 yil yakuniga yetişiga sanoqli kunlar qoldi. Spot.uz yil davomida sodir bölgan muhim voqealar böyiça ma'lumot berdi. Konvertatsiyaning oçilişi, investitsiyalar kafolati, yaqinlaşişga qaratilgan kurs şunga olib keldiki, Özbekiston bozoriga bir neça önlab jahon kompaniyalari kirib keldi. Quyida ulardan eng asosiylari haqida qisqaça ma'lumot taqdim etiladi.

Volkswagen va Peugeot Citroyon. Avtomobil bozori uzoq vaqt davomida yagona Çevrolet’dan iborat edi, joriy yilda esa ikkita yangi, yirik öyinçi qöşildi. Fransiyaning «Pejo Sitroyen» guruhi va Germaniyaning Volkswagen'i bu yerda zavodlar quradi hamda 2019 yildayoq yangi avtomobillarni işlab çiqara boşlaydi. Yangi mahsulotlarning mahalliylaştiriş darajasi yiliga 15-20 ming avtomobillik işlab çiqariş quvvatlarida kamida 50 foizni taşkil etadi.

Foto: Motor.ru
Foto: Peugeot Citroyon

tvzavr.ru va Zvooq. Ucell Rossiyaning ikkita kontent servislari bilan şeriklik kelişuviga erişdi, ulardan birinçisini Özbekistondagi ilk qonuniy onlayn-kinoteatr sifatida köriş mumkin, ikkinçisi esa obuna böyiça birinçi qonuniy musiqa servisidir. 

Ticketon. Qozoğistondagi onlayn-çiptalarni sotiş böyiça eng yirik servis öz işini dekabrda boşladi. Kompaniyadagilarning fikriça, Özbekistondagi mijozlar, şuningdek madaniyat va sport obektlari internetdagi xaridning yangi imkoniyatlariga tayyor, bozorda bu borada yaxşi darajadagi texnik yeçim hozirça yöq edi.

RC Cola. 1905 yilda paydo bölgan va öz mahsulotini dunyoning 50 dan ortiq davlatida işlab çiqaruvçi Amerika brendi Family Group kompaniyasi bilan hamkorlikda Özbekistonda alkogolsiz içimliklarni çiqariş böyiça loyihani avgustda işga tuşirdi.

Yevropa investitsiya banki. Iyunda bu boradagi ilk ma'lumot paydo böldi, bankning özi esa Özbekistonda oktabr oyida iş boşladi. Bitimning imzolanişi YeIB moliyaviy instrumentlarini Özbekistondagi yirik ijtimoiy ahamiyatga ega sarmoyaviy loyihalarni amalga oşirişda qöllaş imkonini beradi.