11:30 / 01.01.2018
14143

Yaponiya OAV Koreya yarim orolidagi urushga doir ehtimollarni e'lon qildi

Yaponiya hukumati Koreya yarim orolidagi harbiy mojaroga O‘zini-o‘zi mudofaa qiliish kuchlarining javob harakatlarini ishlab chiqa boshladi. Bu Japantimes nashri Kyodo agentligiga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Milliy xavfsizlik kengashi yarim orolda urush boshlanishining 4 xil ehtimolini muhokama qilmoqda. Bular ikki qo‘shni davlat (KXDR va Janubiy Koreya) Qurolli kuchlarining o‘zaro to‘satdan harbiy to‘qnashuvi, AQShning KXDRga preventiv zarbasi, Sh.Koreya armiyasining Janubiy Koreyaga bostirib kirishi va KXDRning Yaponiyaga raketa zarbasi berishidir. 

Mamlakat mudofaa va boshqa vazirliklarida strategik rejalashtirish bilan shug‘ullanishmoqda. Ammo Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe rahbarlik qiladigan Milliy xavfsizlik kengashining jalb etilishi muhokamalarni yangi bosqichga chiqarishi kerak, deb yozadi Kyodo o‘z manbalariga tayangan holda. 

Yaponiya Milliy xavfsizlik kengashi 21 dekabr kuni majlis o‘tkazgan, unda ehtimoliy urushlar muhokama qilingan edi. Shu bilan birga, Amerika harbiylari sonini oshirish masalasi ham ko‘rib chiqilgan.

Mavzuga oid
Top