20:30 / 01.01.2018
10708

Dog‘iston muftiysi rafiqasining hujjatlari prezidentlikka nomzodlikka ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi

Foto: RIA Novosti

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Dog‘iston muftiysi rafiqasi Ayna Hamzatovaning hujjatlarini Rossiya prezidenti saylovlariga nomzod sifatida ilgari surish uchun ko‘rib chiqishga qabul qildi.

Ayna Hamzatova o‘z nomzodini mustaqil ravishda ilgari surgan.

Mustaqil nomzod tomondan Markaziy saylov komissiyasiga taqdim qilinadigan hujjatlar paketi tashabbuskor guruhning qayd qilinishi haqidagi iltimosnoma, nomzodini qo‘yishga rozilik arizasi, biografik ma'lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar, daromad va xarajatlar, hisob raqamlar, omonatlar va qimmatbaho qog‘ozlar haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.

Mustaqil nomzod qayd qilinishi bosqichida o‘zini qo‘llab-quvvatlovchi kamida 300 ming imzoni to‘plashi kerak, bunda bir regionga 7,5 mingdan ko‘proq imzo to‘g‘ri kelmasligi lozim.

Rossiya prezidenti saylovlari 2018 yil 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid
Top