«Liverpul» klubi Virjil van Deyk tanishtiruv marosimini o‘tkazdi.
Himoyachi «Sauthempton» klubidan 85 million yevroga xarid qilidi va 4-raqam ostida to‘p suradigan bo‘ldi.
«Bu yerda ekanimdan mamnunman va maydonga tushish imkoniyatini sabrsizlik bilan kutaman. Klub saviyasi, an'analari, futbolchilari, murabbiyi va muxlislari - juda muhim. Hali yoshman va o‘yinimini yanada o‘stirish imkoniyatiga egaman. Bu men uchun asosiy vazifa» - deb niderlandiyalik futbolchi so‘zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.