Yogurt iste'mol qilayotganingizda, garchi uning yorlig‘ida tabiiy so‘zi qayd qilingan bo‘lsa-da, qancha qand donasi borligini bilasizmi? Aslida barchaga yaxshi tanish va ommabop bo‘lgan mahsulotlar tarkibidagi shakar miqdori kishining jiddiy e'tibor berishiga arziydi. Sog‘lom va sport iste'moliga qiziquvchi ispaniyalik suratchi Antonio Estrada turli mahsulotlarda necha dona qand borligini suratlarda ko‘rsatishga qaror qildi. U o‘z saytida shunga doir suratlarni joylashtirib bormoqda.
«SinAzucar.org — bu shunday loyihaki, uning maqsadi — biz ko‘p iste'mol qiladigan mahsulotlardagi qand miqdorini ko‘rsatishdan iborat. G‘oya oddiy: mahsulot yonida uning tarkibidagi qand miqdori donalarda aks ettiriladi. Shu bilan mashhur brendlar bizga sotayotgan mahsulotlarining tarkibi xususida barcha uchun tushunarli izoh beriladi», — deydi fotoloyiha muallifi.
Suratkash vazifasi — ushbu o‘ziga xos qo‘llanmani ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari orasida keng targ‘ib qilishdir. Axir shakar va qandni ortiqcha iste'mol qilish yurak-qon aylanish tizimi kasalliklariga olib kelishi, semizlik hamda moddalar almashinuvi, xususan diabet bilan bog‘liq xastaliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, quyida ayrim mahsulotlar tarkibida qancha qand donasi borligini ko‘rishingiz mumkin.
0,5 l Koka-kola ichimligi.
Mars batonchigi.
Kellog’s Frosties qand sepilgan makkajo‘xori yormalari.
Marmelad va zefir.
Starbucks qahvasi.
Heinz karri sousi.
Tostlar.
Pishloqli tort – bir porsiyasi.
«Qulupnay — anor» ta'mli yog‘siz Activia yogurti.
Maria penchenesi.
Monster quvvat beruvchi ichimligi.
Powerade sport ichimligi.
Nestle qora shokoladi.
Actimel sutli ichimlik.
Pitstsa.
Bailey’s likyori.
Fanta kuchli gazlangan ichimligi.
Schweppes Tonic gazlangan ichimligi.
Laktozasiz yogurt.
Nestle bo‘tqasi.
Magnum muzqaymog‘i.
Burger King restoranidagi katta idishga beriluvchi koka kola.