13:47 / 02.01.2018
7463

Afg‘onistonda toliblarning “maxfiy gubernatori” o‘rinbosari yo‘q qilindi

Foto: Tolo News

Afg‘onistonlik harbiylar aviazarba natijasida “Tolibon” radikal harakati “maxfiy gubernatorining” o‘rinbosari, teraktlarni rejalashtirish uchun asosiy javobgar shaxslardan birini yo‘q qilishdi. Bu haqda Tolo News telekanali IIV bayonotiga asosan xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, toliblar “maxfiy gubernatorning o‘rinbosari” Mavlavi Vali Jon Uruzg‘on markaziy viloyati Tarinkot shahrida dushanba kungi aviazarba davomida o‘ldirilgan. Guruhning yana 11 a'zosi o‘qqa tutildi.

"Aviazarba davomida qurol-yarog‘ va transport vositalari ham yo‘q qilindi", - deya IIV bayonotidan parcha keltiradi telekanal.

Bayonotga ko‘ra, Vali Jon “Tarinkot va Uruzg‘on viloyatining boshqa qismlaridagi terrorchilik xurujlari, qurolli hujumlar hamda portlashlarning asosiy tashkilotchisi bo‘lgan”.

Top