23:20 / 02.01.2018
61940

Birgalikda ozishga kirishgan xitoylik oilaning 6 oylik suratlari

Foto: Boredpanda

Ortiqcha vaznni yo‘qotish jismoniy jihatdan ham qiyin. 32 yoshli xitoylik suratkash Jyessi o‘z oila a'zolari bilan ozishga kirishdi. Ular olti oy mobaynida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashdi va "...gacha - ...dan keyin" turkumidagi suratlar shodasini ishlab chiqishdi.

Hammasi Jyessining onasi o‘g‘li va uning homilador ayoli bilan vaqtinchalik yashashga qaror qilganidan so‘ng boshlandi, u nevarasi tug‘ilgandan so‘ng yosh oilaga yordam berishni maqsad qilgandi. Bu imkoniyatdan foydalangan Jyessi o‘sha payt kichik bambuk fabrikasini boshqarayotgan otasini ham o‘z uyiga taklif qildi va shu tariqa oila a'zolari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaror qildi. 

Bo‘lg‘usi buva spirtli ichimliklarni ko‘tarib kelganida, Jyessi vazn tashlashga doir dastur otasining hayotga bo‘lgan qiziqishini qaytarishga yordam berishiga umid qildi. Ular dastlab tezkor yurishdan boshlashdi, bu sekin-asta yugurishga aylandi. Keyinroq yanada ko‘proq mashqlar qo‘shilib, oila a'zolari sport zaliga qatnay boshlashdi. Shu bilan birga, ular har 10 kunda o‘zgarib borayotgan tana o‘lchamlarini nazorat qilib borishardi. 

Dastlab 10 martdan 30 sentabrgacha davom etishi rejalashtirilgan mashg‘ulotlar oila a'zolarining kundalik turmush tarziga aylandi. Jyessining so‘zlariga ko‘ra, eng quvonchlisi - otasining o‘ziga bo‘lgan ishonchi qaytganini ko‘rish!

Mavzuga oid
Top